• Forum

    Aziz do’stlar!
    2021-yilning 30-noyabrdan 7-dekabriga qadar Toshkent shahrida Hamdo‘stlik, Boltiqbo‘yi va Gruziya davlatlarining IV Yoshlar teatr forumi bo‘lib o‘tishini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlarning gumanitar hamkorlik bo‘yicha Davlatlararo jamg‘armasi (IFGS), Prezident grantlari jamg‘armasi va O‘zbekiston Madaniyat vazirligi ko‘magida Xalqaro Teatr uyushmalari konfederatsiyasi tashkilotchilari hisoblanadi.
    Forum ishtirokchi mamlakatlarning yosh rejissyorlari uchun taqriz tanlovi hamda teatrning yosh mutaxassislari – rejissyorlar, stsenaristlar, dramaturglar va tanqidchilar uchun keng qamrovli o‘quv dasturidir.
    Forumda Rossiya, Oʻzbekiston, Ukraina, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Armaniston, Ozarbayjon, Estoniya, Gruziya, Tojikiston, Moldova va Belarus rejissyorlarining chiqishlari namoyish etiladi.