• “Oltin tarvuz”-  o’zbek xalqining milliy ertagidir. Yaxshilik va halollikka boshlaydigan xalqimiz,  bu ertak orqali nimalarni  aytmoqchi bo’lgan?  Voqea ikki qo’shni orasida bo’lib o’tadi. Sodda, samimiy va halol Dehqon va nafsi buzuq Boy orasida noodatiy mo’jizaviy hodisalar ro’y beradi. Ezgulikka va halol yashashga yetaklaydigan, yomonlik va yovuzlik albatta jazosiz qolmasligini korsatadigan ertagimiz,  jajji tomoshabonlarimiz uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan saxnalarni jamlagan.  Ezgu insonlar va yovuz odamlar uchun sehrli laylak qanday sovg’alar tayorlab qo’yganini spektakl davomida kuzatishingiz mumkin. Ertakda sahiylik va xasislik, bag’rikenglik va ochko’zlik,  mehnatsevarlik va ayyorlik mavzulari bolalar uchun yorqin obrazlar orqali yoritib berilgan.

    Instsenerovka muallifi va Sahnalashtiruvchi rejissyor-Hasanov Barot

    Sahnalashtiruvchi  rassom -Sardor Atabayev

    Liboslar boyicha rassom-Yevgeniya Biserova

    Musiqa tanlovchi-Bahodir Zakirov

     

    Отзывы зрителей спектакля “Oltin tarvuz” спектакли томошабинлари изоҳлари

    Биринчи изоҳни қолдиринг

    Leave a Reply

    Your email address will not be published. Required fields are marked *

    11 − 2 =