O‘zbekiston Davlat yosh tomoshabinlar teatrida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari boshlandi.
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Davlat Soliq qo‘mitasi hamkorligida bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Teatr sahnasida rejissyor – Malika Iskandarovaning “Game over” spektakli namoyish etildi. Rollarda: Bahodir Ahmedov, Ulug‘bek Rustamov, Nargiza Matkarimova, Shahnoza Sultanova, Shavkat Isroilov, Iskandar Elmurodov va boshqalar.
Teatr hovlisida esa aktyorlar boshchiligida quvnoq tomosha va o‘yinlar o‘tkazildi. Unda musiqiy tanaffus, sport o‘yinlari, musobaqalar, she’r aytish, yerda surat chizish mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bolalarga bayram sovg‘alari ulashildi.