Bugun Qirg‘izistonning O‘sh shahrida T.Ajibayev nomidagi Alay musiqali-dramatik teatri hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandumga ko‘ra, ikki teatr o‘rtasida mahorat darslari, forum va festivallar tashkil etish, ijodkorlar uchun tajriba almashish, stajirovkalar va ko‘plab yangi loyihalar yaratish rejalashtirilgan.
So‘ng, T.Ajibayev nomidagi Alay musiqali-dramatik teatri tomonidan sahnalashtirilgan Chingiz Aytmatov asari asosida sahnalashtirilgan “Sohil yoqalab chopayotgan olapar” spektakli namoyish etildi.