Yangi sahna asari.
Bugun O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Jadidlar. So‘nggi kunlar” spektakli Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy kengash a’zolariga topshirildi.
Spektakl badiiy kompozitsiya shaklida bo‘lib, unda o‘zbek adabiyoti va tarixida o‘chmas iz qoldirgan jadidilarning qatag‘on davri ko‘rsatiladi.
Badiiy kengash a’zolari tomonidan kerakli tavsiyalar berildi, yangi sahna asari qabul qilindi.