10-14 sentabr kunlari Rossiyaning Kalmikiya Respublikasi Elista shahrida IV “Keyeda” bolalar teatrlari xalqaro festivali bo’lib o’tadi.
Mazkur festivalda Rossiyaning turli hududidan, Ozarbayjon hamda O’zbekistondan teatr jamoalari ishtirok etadi.
O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri festival uchun hozirda rejissyor Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan Muxa-Sokotuxa” spektaklini tayyorlamoqda. Ijodiy jamoa 9 sentabrda jo’nab ketadi.
O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamda Rossiyaning B.Basangov nomidagi milliy dramatik teatr bilan o’zaro hamkorlikdagi memorandum imzolagan.
Ma’lumot uchun, 25-30 aprel kunlari O’zbekistonda ilk bor “XXI asr bolalari” xalqaro bolalar teatrlari+IT festivali o’tkazilgan edi. Unda xalqaro teatrlar jamoalari Toshkentga tashrif buyurgan.