• “Keyeda” IV xalqaro bolalar teatrlari festivaliga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi

    Rossiyada xalqaro festival start oldi

    10 sentabr kuni Rossiyaning Elista shahrida “Keyeda” IV xalqaro bolalar teatrlari festivaliga bag‘ishlangan tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Marosimda Qalmog‘iston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari German Sanjarikov boshchiligida xalqaro press-konferensiya tashkil etilib, unda festivalda ishtirok etayotgan barcha ijodkorlar va mutaxassislar, OAV vakillari va mehmonlar qatnashishdi.

    B. Basangov nomidagi milliy dramatik teatr direktori – Galina Shurayeva mazkur festivalning paydo bo‘lishi haqida so‘zlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

    Shuningdek, ishtirokchilarga B. Basangov nomidagi milliy dramatik teatr tarixi va bugungi kundagi hamkorliklari haqida ma’lumot berildi.

    Rossiyada IV bor o‘tkazilayotgan “Keyeda” bolalar teatrlari xalqaro festivalida O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi ham ishtirok etmoqda.