“Одиссея” (“Odisseya” ) Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi davlat markaziy bolalar teatri.
Aziz do’stlar!
Sizni “XXI asr bolalari” Birinchi xalqaro bolalar teatri festivali ishtirokchilari bilan tanishtirishni. davom etamiz
“Одиссея” (“Odisseya” )
Nodar Dumbadze nomidagi Tbilisi davlat markaziy bolalar teatri.
Muallif va postanovkachi rejissyor Avtandil Diasamidze
Spektaklda ikki personaj – oddiy inson, oilasi haqida qayg‘uradigan ota va animatsion qahramon Odisseya ishtirok etadi. Odisseya Troya urushidan so‘ng uyiga qiyinchilik bilan qaytgan, oddiy insonlarga yordam beradi.
Odisseya personaji orqali tomoshabin afsonaviy mif qahramonlari Zevs, Gera, Germes, Poseydon, Yanus, Afrodit, Penelopa va boshqalar bilan tanishadi. Asar baxtli yakun bilan tugaydi. Spektakl ko‘rish jarayonida tomoshabin Odisseya bilan birga yashab, afsonaviy qahramonlarni his qilishi, o‘z hayot yo‘lini topa olishi va mifologik qahramon sifatida o‘z oilasiga qaytishi mumkin.
Spektakl 26 aprel kuni soat 15.00 da O‘zbek milliy qo’g’irchoq teatri sahnasida namoyish etiladi. Spektakl gruzin tilida namoyish etiladi. #XXIasrbolalari #festival #детиXXIвека #фестиваль