• Qozog‘istonda xalqaro teatr forumi boshlandi.

    Qozog‘istonda xalqaro teatr forumi boshlandi

    3-9 iyun kunlari Qozog‘istonning Astana shahrida MDH mamlakatlari bo‘yicha V “Xalqaro yoshlar teatr forumi” bo‘lib o‘tmoqda.

    Mazkur forumda 200 dan ortiq teatr ijodkorlari ishtirok etadi. Forumda ijodiy ishlar ko‘rgazmalari, spektakllar namoyishi, teatr ta’limi laboratoriyasi bilan tanishuv hamda hamkorlik loyihalari muhokamalari o‘rin olgan.

    O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri bosh rassomi Yevgeniya Biserova “Stenografik kollaj” yo‘nalishida rassom-stenograflar ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

    Unda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan “Счастливый принц” (rej. Aleksandr Patrushev) hamda “Zumrad va Qimmat” (rej. To‘lqin Mahmudov) spektakllardagi ijodiy ishlari taqdim etiladi.