“XXI asr bolalari” birinchi xalqaro teatrlari + IT festivaliga bag’ishlangan matbuot anjumani
O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida “XXI asr bolalari” birinchi xalqaro teatrlari + IT festivaliga bag’ishlangan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Unda festival ishtirokchilari, mutaxassislar, OAV vakillari va yoshlar ishtirok etishdi. Matbuot anjumanida festivalni tashkil etish, yuqori saviyada o’tkazish va IT spektakllari yaratish bilan bog’liq suhbat o’tkazildi.
Oldinda soat 15:00 da rejissyor Malika Iskandarovaning “Game over” spektakli namoyishi, kechki vaqtda IT-parkda festivalning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tadi.
Shuningdek, festival doirasida Ozarbayjon, Rossiya, Gruziya, Belarus, Kipr kabi mamlakatlardan spektakllar namoyishlari o’tkaziladi.