• 95-teatr mavsumi ochildi !

    95-teatr mavsumi ochildi !!!
    Bugun O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrining 95-yillik yubiley ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda bolalar uchun sevimli qahramonlar ishtirokida qiziqarli tomoshalar, “Talant” guruhining kuy-qo’shiqlari taqdim etildi.
    Teatr sahnasida o’zbek xalq ertagi asosida sahnalashtirilgan “Zumrad va Qimmat” spektakli premyera qilindi.
    Sahnalashtiruvchi rejissyor To’lqin Mahmudov, rassom Yevgeniya Biserova, kompozitor Bahodir Zokirov, bosh rollarda Zaynura Nig’matova, Dilnavoz Ahmedova.
    Sahnada bolalarga quvnoq savol-javoblar, qiziqarli o’yinlar tashkil etildi.
    O’zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida hozirda “Game over” hamda “Bolalik” nomli yangi spektakllar tayyorlanmoqda va tez orada katta premyeralar bo’lib o’tadi.