Yangi sahna asari tug‘ilmoqda.
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida atoqli jadid bobolarimiz hayotiga bag‘ishlangan “Tunda yo‘qolgan yulduzlar” (“Звёзды, потерянные в ночи”) sahna asari ustida ish boshlandi.
Unda o‘zbek adabiyoti va tarixida unutilmas iz qoldirgan jadidlarning ona Vatan taraqqiyoti yo‘lidagi harakatlari, qatag‘on yillardagi sotqinlik va eski tuzumning illatlari ko‘rsatiladi.
Muallif va postanovkachi rejissyor Shuhrat Ibragimov, rassom Yevgeniya Biserova, dekorator Sardor Atabayev, musiqa tanlovchi Bahodir Zokirov.
Hozirda asarning chitka jarayoni tugab, repetitsiya va dekoratsiya ishlash jarayonlari boshlangan.