Ayni damda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi Rossiyaning Elista shahrida o‘tkazilayotgan “Keyeda” IV xalqaro bolalar teatrlari festivalida ishtirok etmoqda.
13 sentabr kuni festival dasturiga ko‘ra, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan “Muxa-Sokotuxa” myuzikl spektakli 2 seansda namoyish etildi.
Qalmiq Respublikasi Madaniyat vazirligi san’at bo‘limi boshlig‘i Natalya Gadanova ijodiy jamoaga minnatdorlik bildirdi.
B.Basangov nomidagi milliy dramatik teatr direktori Galina Shurayeva o‘zbek teatri jamoasini maxsus diplom va statuetka bilan taqdirladi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Teatr arboblari uyushmasi hududiy bo‘lim boshlig‘I Sergey Burlachenko ham jamoaga festivaldagi ishtirok uchun minnatdorlik bildirdi.