Jonli san’atning tarannumi olis manzillarga ham yoyildi.
O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi gastrol safari davom etmoqda.
Nukus shahridagi bir necha umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Malikani kim qutqaradi?” spektakli namoyish etildi.
Rollarda Asqar Hikmatov, Iskandar Elmurodov, Dilnavoz Ahmedova, Feruza Avazova va boshqalar.
Spektakl quvnoq sarguzashtlarga boy bo’lib, yosh tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi.